Huquqni muhofaza qilish akademiyasida joriy yilning oktyabr oyida e’lon qilingan yong‘in xavfsizligini ta’minlash oyligi doirasida turkum tadbirlar tashkil etildi.
Shu jumladan, Akademiya xodimlari va bakalavriat talabalari ishtirokida yong‘in xavfsizligi qoidalari, talab va me’yorlarini tushuntirish, yong‘in chiqqan vaziyatda evakuatsiya choralarini ko‘rish va harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzusida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya xodimlari hamda talabalar yong‘in chiqqan vaziyatda vaziyatda xavfsiz joyga evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish hamda bevosita harakatlanish ko‘nikmalari bilan to‘liq tanishtirildi.