Mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun tanlov bo‘lib o‘tdi

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun tanlov bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024 yilning 29 noyabr kuni 2025 yilning 1 choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbatda komissiya a’zolari tomonidan talabgorlarga sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish yuzasidan tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Telegram Facebook