14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatimizda har xil sohalarda, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida ham olib borilayotgan keng ko‘lamli jarayonlarga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish maqsadida 1-kurs talabalari bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Jasorat” davlat muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.
Muzeyda yoshlar milliy armiyamizning tashkil topishi va shakllanishi tarixi, uning hozirgi kunga qadar rivojlanish bosqichlari, erishgan natijalari hamda xalqaro maydonda egallagan o‘rni va roli haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar, shuningdek turli texnika, qurol-yarog‘ va maxsus vositalarni bevosita ko‘rdan kechirdilar.
Talabalar uchun bu kabi tadbirlarni tashkil etish tizimli ravishda davom ettiriladi.