Huquqni muhofaza qilish akademiyasida N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijegorod davlat milliy tadqiqot universiteti (Rossiya) Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ye. Povalyashko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonga Akademiyaning tuzilmasi va faoliyati, kadrlar tayyorlash tizimi, hamda o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda ilmiy-ta’lim salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.