Indoneziya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv

Indoneziya oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025-yil Indoneziyaning oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Akademiya bilan Indoneziya universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va ularning sifati va salmog‘ini oshirish, nufuzli xalqaro jurnallarda maqola chop etish, bu bo‘yicha seminarlar tashkil etish, ilmiy jurnallarni boshqarish faoliyatini takomillashtirish va xalqaro axborot bazalarida indeksatsiya qilish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zaro muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish hamda Akademiyaning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.