Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Akademiya faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Akademiyaning bir qator xodimlari navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazildi. Shuningdek, hududiy prokuratura organlarida amaliyot o‘tagan Akademiya xodimlarining hisoboti eshitildi.
Shu bilan birga, Akademiyaga joriy yilning II choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etilgan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari hamda ularga biriktirilayotgan ilmiy rahbarlar nomzodlari ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan monografiya va risolalarni nashrga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi.
Majlis kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.