Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuror tomonidan tashkil qilingan “Bo‘lajak prokurorlar klubi”ga rasmiy a’zolikka qabul qilish bo‘yicha saralash imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihon Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi prokurorlari tomonidan klubga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan Akademiya bakalavriatining 1-2-kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazildi.
Saralash jarayonida talabalarning huquqiy bilim va ko‘nikmalari baholanib, ularning prokuratura sohasidagi ishga bo‘lgan qiziqishi va imkoniyatlari aniqlandi.