Sport bayrami o‘tkazildi

Sport bayrami o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarni kasbiy va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada shakllantirish maqsadida sport bayrami tashkillashtirildi.

Tadbir 1 va 2-kurs talabalari o‘rtasida guruhlar jamoalari kesimida va yakka tartibda quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi:

  1. Harbiy-sport estafetasi doirasida quyidagi mashqlar ketma-ketlikda amalga oshirildi:

Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, 50 metr masofani bosib o‘tish;

Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, 50 metr masofani bosib o‘tish;

gazniqobni kiyish va u bilan 50 metr masofani bosib o‘tish;

yaradorni 100 metrga olib borish.

Musobaqa yakuni bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 2-kurs, “B”-potok, 1-guruhi;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 1-kurs, “A”-potok, 2-guruhi;

3-o‘rin – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining 2-kurs, “Rus”-guruhi.

  1. Arqon tortish musobaqasi bo‘yicha:

1-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 2-kurs, “A”-potok, 1-guruhi;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 2-kurs, “A”-potok, 2-guruhi;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 2-kurs, “B”-potok, 2-guruhi.

  1. Tosh ko‘tarish (24 kg) musobaqasi bo‘yicha:

1-o‘rin – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining 1-kurs, “Rus”-guruhi Choriyev Shoxsuvor O‘lmasovich;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 1-kurs, “Rus”-guruhi Nishonov Ozodbek Otabek o‘g‘li;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 2-kurs, “A”-potok, 2-guruhi Rashidov Asadbek Xolxo‘ja o‘g‘li.

  1. Stol tennisi musobaqasi bo‘yicha:

o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “A”-potok, 1-guruhi Quvondiqov Anvarjon Jo‘raqul o‘g‘li;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “A”-potok, 2-guruhi Davletov Muxriddin Xasanboy o‘g‘li;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 2-kurs, “A”-potok, 1-guruhi Murodillayev Temurbek Xamza o‘g‘li.

qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “Rus”-guruhi Babashova Bibinaz Azamat qizi;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 2-kurs, “B”-potok, 1-guruhi Orziqulova Ruxshona Odilovna;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “A”-potok, 3-guruhi Soliyeva Dilnavozxon Ravshanjon qizi.

  1. Kamondan otish musobaqasi bo‘yicha:

o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “Rus”-guruhi Karimov Shohjaxon Toirjon o‘g‘li;

2-o‘rin – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining, 2-kurs, “P”-potok, 1-guruhi Teshaboyev Shoxrux Dilmurod o‘g‘li;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “A”-potok, 2-guruhi Xasanov Azamat Xayot o‘g‘li.

qiz bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “Rus”-guruhi Tilepbergenova Saxibjamal Adilbayevna;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 2-kurs, “A”-potok, 3-guruhi Xasanova Azizabonu Rustamovna;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining, 1-kurs, “B”-potok, 1-guruhi Abrikulova Rayxona Yusuf qizi.

Sport bayrami yuqori ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tkazildi, g‘oliblar esa munosib ravishda diplom, kubok va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.