O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi F.A.Ergashev tomonidan fan soati doirasida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Sudlar faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy masalalari” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya professor o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari qatnashdilar.
Fan soati doirasida tadqiqotchi tomonidan mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.