Belgiya delegatsiyasi bilan uchrashuv

Belgiya delegatsiyasi bilan uchrashuv


Akademiyada Belgiya politsiyasi birinchi bosh superintendanti F.Debusher hamda unga hamrohlik qilayotgan Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi A.Vantigem bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mehmonlarga Akademiyaning ta’lim va ilmiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berilib, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, kiberjinoyatchilik, giyohvand moddalar aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha salohiyatni oshirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda tomonlar hamkorlik yo‘llari va istiqbollari haqida o‘zaro fikr almashdilar.