Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib utgan "Talabalar ligasi" musobaqasining milliy kurash sport turida ishtirok etdilar.
Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 2-bosqich rus guruhi talabasi Bobur Mirsagatov ushbu musobaqaning 100 kg dan og‘ir vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.