O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Mintaqaviy muloqot” XNNT ijrochi direktori Kati Gershak boshchiligidagi tashkilot vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar «Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Virtual akademiya» elektron platformasi, uning imkoniyatlari, amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi loyihalar bilan tanishib chiqdilar.