Rahbar faoliyatida boshqaruv psixologiyasi

Rahbar faoliyatida boshqaruv psixologiyasi

Joriy yilning 19 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Bosh prokuratura Akademiyasining psixologik ta'minlash bo'limi xodimlari tomonidan “Rahbar faoliyatida boshqaruv psixologiyasi” mavzusidagi trening mashg'uloti o'tkazildi.

Mashg'ulotda vazirlikning kadrlar bilan ishlash va psixologik xizmatlarida faoliyat ko'rsatayotgan hamda boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga javob olishib, sohadagi muammolarni muhokama qilib, ularni hal qilish yo'li va usullari haqida fikr almashishdi.   

O'tkazilgan trening natijalariga ko'ra kelgusida bu kabi tadbirlarni davom ettirishlari haqida kelishib olindi.