Akademiya talabalari harbiy va jismoniy tayyorgarligi mantiqiy yakuni sifatida olgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sog‘lom raqobat orqali namoyish etish va baholash maqsadida ular o‘rtasida Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.
Musobaqa bakalavriat 1 va 2-kurs talaba o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida alohida o‘tkazildi. Tadbir yakuni bo‘yicha g‘oliblar eng yaxshi ko‘rsatilgan vaqt natijasiga ko‘ra aniqlandi:
Kalashnikov avtomati bo‘yicha:
o‘g‘il bolalar o‘rtasida – Ergashev Lochinbek Sohib o‘g‘li – “Tergov faoliyati” yo‘nalishi, 1-kurs talabasi;
qiz bolalar o‘rtasida – Kudiyarova Dinora Ispandiyarovna – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi, 2-kurs guruhi talabasi;
Makarov pistoleti bo‘yicha:
o‘g‘il bolalar o‘rtasida – Serikov Sultan Qonarbay uli – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi, 2-kurs talabasi;
qiz bolalar o‘rtasida – Sobitaliyeva Odina Furqatjon qizi – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi, 1-kurs, 2-guruh talabasi.
Musobaqa yuqori ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tkazildi, g‘oliblar munosib ravishda diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.