Akademiyada BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) mintaqaviy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari A.Fedulov hamda Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi G.Lustig bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xorijiy mehmonlarga Akademiya va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot berilib, hamkorlik istiqbollari, shu jumladan raqamli kriminalistika va ekspertiza, dalillarni to‘plash sohasida xodimlar bilim va salohiyatini oshirish, ta’lim bilan bog‘liq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadbirlar tashkil qilish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida mehmonlar Akademiya infratuzilmasi va maxsus o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishdilar.