Akademiya talabalari Milliy qadriyatlar saylida ishtirok etdilar

Akademiya talabalari Milliy qadriyatlar saylida ishtirok etdilar


Akademiya bakalavriati talabalari Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari ishtirokida tashkil etilgan Milliy qadriyatlar saylida ishtirok etdilar.

Tadbir Yangi O‘zbekistonda obod etilgan madaniy meros obyektlari, ajdodlarimiz qadamjolariga tashriflarni tashkil etish, shu bilan birga yoshlarning madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan.

Tadbirda Akademiya talabalari arqon tortish, she’riyat, shaxmat va shashka musobaqalarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egalladilar.