Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursi yakunlandi

Rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursi yakunlandi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlandi va bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

Kurs dasturi zamonaviy boshqaruv va menedjmentning innovatsion shakllari va metodlarini o‘zlashtirish, rahbar kadrlarning bilim va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, tinglovchilarning yetakchilik fazilatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Akademiyada o‘qish jarayonida tinglovchilar o‘z kasbiy faoliyatidan kelib chiqib tanlagan dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirib, imtihon jarayonida bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi.

Prokuratura organlari rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilariga kasbiy qayta tayyorlash haqida diplomlar topshirildi.