Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Akademiyada amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsion va amaliy loyihalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Akademiya professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy hamda o‘quv adabiyotlari, monografiyalar hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha boshqa ishlanmalarni nashrga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Akademiyaning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun 2025/2026 o‘quv yili o‘quv reja va o‘quv dasturlarini tasdiqlandi.
Majlis kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham tegishli qarorlar qabul qilindi.