O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari Toshkent viloyatidagi harbiy qism zaxirasining harbiy yig‘inlarida qatnashdilar. Yig‘inlar davomida ular intizom, faollik va mas’uliyatlilikni namoyon etdilar.
Yig‘inlar yakunlangach, Akademiya xodimlari ishtirokida harbiy qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Belgilangan tartibda talabalarga harbiy guvohnomalar topshirildi.