Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Akademiya ishchi guruhi tomonidan Yashnobod tumanidagi “Xosiyatli” mahallasida o‘rganish ishlari o‘tkazilib, mas’ul xodimlar va mahalla faollari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mutaxassislar mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlarni tahlil qilib, huquqbuzarliklar sabablari, ularning oldini olish choralari hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash jarayonlarini atroflicha o‘rganishdi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, kriminogen vaziyatni yaxshilash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona nazorat tizimini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Akademiya ishchi guruhi Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda 2025-yil 18-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ–253-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida muntazam ravishda joylarda o‘rganish tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda