Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talaba-qizlari ishtirokida o‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish yoki zo‘ravonlik sodir etish holatlarining oldini olishga qaratilgan psixologik tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ta’lim muassalarida, kundalik hayotda, ko‘cha-ko‘yda va xizmat sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik bosim o‘tkazish holatlariga sezgirlik, hozirjavoblik, shuningdek birinchi psixologik yordam olish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Turli ko‘rinishdagi psixologik bosim va tazyiq o‘tkazish holatlari psixoprofilaktikasi, shaxsiy daxlsizlik va ichki xotirjamlikni rivojlantirishga oid psixotexnikalar haqida birlamchi bilimlar berib o‘tildi.