Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining 2025/2026 o‘quv yilida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun yetarli ball to‘play olmagan nomzodlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Akademiyada belgilangan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda belgilangan:
1. "60420300 –Tergov faoliyati" yo‘nalishi bo‘yicha:
2,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
2,11 balldan 4,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 2,0 barobari;
4,11 balldan 6,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 2,5 barobari;
6,11 balldan 8,1 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 3,0 barobari;
8,11 balldan ortiq yetmagan va 116,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nomzodlar uchun – bazaviy kontrakt mikdorining 18 barobari;
116,7 balldan kam ball to‘plagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdori 18 barobarining ikki karrasi.
2. "60420100 – Yurisprudensiya” (Prokurorlik faoliyati) yo‘nalishi (kunduzgi) bo‘yicha:
1,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt mikdorining 3,0 barobari;
4,06 balldan ortiq yetmagan va 56,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nomzodlar uchun – bazaviy kontrakt miqdorining 18 barobari.
3. "60420100 – Yurisprudensiya» (Prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishi (masofaviy) bo‘yicha:
1,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan nomzodlar uchun – to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari;
4,06 balldan ortiq yetmagan va 56,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plaganlar uchun – bazaviy kontrakt miqdorining 18 barobari.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha murojaatlar:
1. "60420300 – Tergov faoliyati" yo‘nalishi bo‘yicha Akademiyada (manzil: Toshkent shahar, Rixsiliy 9) soat 09:00 dan 18:00 gacha;
2."60420100 – Yurisprudensiya" (Prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishi bo‘yicha kontrakt.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining 2025/2026 o‘quv yillidagi to‘lov-kontrakt qiymatlari quydagicha:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati (stipendiyasiz) 16 080 000 so‘m;
- masofaviy ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati 14 572 500 so‘m.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida:
www.facebook.com/ProsecutorAcademy