Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Akademiyada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda ularning natijalari bo‘yicha ishlanmalarni nashrga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Akademiyada 2025-yil 4-chorak chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka tavsiya etilgan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlari hamda biriktirilgan tarkibiy tarmoqlar tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Akademiyada amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsion va amaliy tadqiqot loyihasi muhokama qilindi.
Majlis kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.