Akademiya kiberxavfsizlik asoslari sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya kiberxavfsizlik asoslari sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatiga hozirgi vaqtda kiberxavfsizlik sohasidagi asoslari (ta’lim sohasida tajribaga ega bo‘lgan) mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb qilish zarurati yuzaga keldi. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, nomzod bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma tuziladi.

Mutaxassisning majburiyatlari:

– Akademiya rahbariyatining topshirig‘iga asosan Akademiyada kiberxavfsizlik sohasiga oid loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar rejasiga muvofiq Akademiya xodimlari va ta’lim oluvchilarda kiberxavfsizlik asoslari sohasida ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish:

– Akademiyada “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” o‘quv rejasiga muvofiq “Kiberxavfsizlik asoslari” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Kiberxavfsizlik sohasida malakani tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lish;

Kiberxavfsizlik sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;

O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.

Mazkur ish 6 (olti) oy muddatga belgilangan bo‘lib, keyinchalik zaruratga ko‘ra, fuqarolik mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bo‘lib ishlash qobiliyati, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: haftasiga 5 kunlik ish rejimida 40 soatni tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, JSHIR ma’lumotnomasi)ni taqdim etishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgach, zaruratga ko‘ra, nomzod bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 2025-yil 31-oktyabrga qadar.

tel: 71 202-04-96 (1962)