Akademiya rahbariyatining Nagoya universiteti (Yaponiya) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan akademik almashinuv, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va Akademiyaning ilmiy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.