Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi


Akademiya tomonidan “O‘zlitineftgaz” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun mehnat munosabatlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminarda aksiyadorlik jamiyatining 60 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi xodimlari ishtirokchilarga O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda davlat xizmatchilariga o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, ularni buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqidagi qoidalarni tushuntirib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumot berishdi.