Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriat bosqichi 2-kurs talabasi Shirina Abdullayeva “Ilm-fan iftixori” ko‘rik-tanlovida "Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rib chiqishda dalillarni taqdim etish" mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etgani uchun "Ilm-fan iftixori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bu e’tirof Akademiya talabalarining ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi va bilimga intilishi samarasidir.
Akademiya jamoasi talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etadi hamda unga kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.