2018 yilning 21 dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekistondagi UNICEF vakolatxonasining raxbari Sasha Graumann prokuratura organlarining raxbar kadrlari uchun BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) mavzusida ma'ruza o'qidi.
Tadbir davomida BRMning nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo uchun ahamiyati, BRMning amalga oshirilishi uchun O'zbekistonda o'tkazilayotgan islohotlarning o'rni takidlab o'tildi.
Ma'ruza yakunida ishtirokchilar o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi va global maqsadlarni davlatimiz miqyosida amalga oshirishda qa'tiy yondashishlarini aytib o'tishdi.