Konstitutsiya – adolat tantanasi: Akademiyada talabalarning  akademik bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Konstitutsiya – adolat tantanasi: Akademiyada talabalarning  akademik bilan uchrashuvi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori, akademik Akmal Xolmatovich Saidov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33-yilligiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda akademik Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda adolat va qonuniylikni ta’minlashdagi o‘rni, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar va konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati xususida fikr almashdilar.

Mazkur ma’rifiy tadbir yosh kadrlarni vatanparvarlik, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Akademiya rahbariyati bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.