Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Akademiya faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Akademiyaning qator xodimlari navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazildi hamda bir necha xodim “dotsent” va “professor” ilmiy unvonlariga tavsiya etildi.
Shuningdek, Akademiya mustaqil izlanuvchilari va tayanch doktorantlari tomonidan tayyorlangan qator ilmiy mavzulardagi monografiyalar nashrga tavsiya etildi.
Majlis doirasida 2026-yilning I choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka hamda tayanch doktoranturaga tavsiya etilgan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari, ularning ilmiy rahbarlari hamda biriktirilgan tegishli tarkibiy bo‘linmalar tasdiqlandi.
Kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham tegishli qarorlar qabul qilindi.