Germaniyaning Xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Germaniyaning Xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Germaniyaning Xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) vakili D.Asatellayeva bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik rejalari, shuningdek, yaqin istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, ehtimoliy qo‘shma tadbirlar hamda trening dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Amaliy yo‘naltirilgan hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish, shuningdek, ta’lim jarayoni va kadrlarni kasbiy tayyorlash tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni izchil mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirib, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.