Joriy yil 14 yanvar kuni Akademiya xotin-qizlari tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda xotin-qizlar tomonidan Akademiyaning erkak xodimlari uchun bildirilgan bayram tabriklari, ularning vatan himoyasi, yurt tinchligi, qonun ustuvorligini ta'minlash borasida olib borayotgan mashaqqatli, mas'uliyatli va fidokorona mehnatlarini tarannum etuvchi she'rlari barcha ishtirokchilarga manzur bo'ldi.
Shuningdek, tadbirda Akademiya xodimlarining farzandlari ishtirokida Bosh prokuratura Axborot-tahlil mul`timedia markazi tomonidan tayyorlangan Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan videorolik taqdimoti bo'lib o'tdi.