Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yilning 5-iyunidan 25-iyuniga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytidagi “Oliy va kasbiy (professional) ta’lim tashkilotlariga qabul (2026–2027 o‘quv yili uchun)” bo‘limi orqali test sinovlari uchun fanlar majmuasini (“Davlat va huquq asoslari” va “Chet tili”), ta’lim tilini, chet tilini hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududni tanlashlari lozim.
Test sinovlarini 2026-yil iyul oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, nomzodlar tegishli sertifikatlarni yuklashlari mumkin.