2019 yilning 24 yanvar kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Turkiyaning O'zbekistondagi hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi rahbari A.Chaglar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Agentlik rahbariyati Akademiyaning prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyati yuzasidan xabardor qilindilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar investorlarning huquqlarini ta'minlash, huquqbuzarliklar va korruptsiyani oldini olish sohalarida tajriba va innovatsiyalar almashish asosida uzoq muddatli hamkorlik o'rnatishga kelishib olishdi.