2019 yil 30 yanvar kuni Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Kengash ishida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas'ul xodimlari, ilmiy jamoatchilik vakillari
hamda Akademiya professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
Majlisda Akademiyaning 2018 yildagi faoliyati yakunlari haqida axborot berildi hamda Akademiyaning qisqa va o'rta muddatli istiqboldagi rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi.
Kengash ishida qonun ustuvorligini hamda prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash sohasidagi istiqbolli tadqiqot mavzulari ro'yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, tarkibiy bo'linmalarning nizomlari muhokama qilindi, ilmiy unvonga hamda ilmiy tadqiqot ishlarini nashrga tavsiya etish masalasi ko'rib chiqildi.