O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirgan nomzodlar diqqatiga

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirgan nomzodlar diqqatiga

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) hamkorlikdagi ta’lim dasturiga hujjat topshirgan nomzodlar (ro‘yxat ilova qilinadi) 2026 yil 22 sentyabr kuni soat 13:00 da pasport yoki ID-karta bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga kelishi lozim. Ular birinchi bosqich qabul imtihonlari – og‘zaki suhbatda ishtirok etadilar.

Belgilangan vaqtga kechikkan nomzodlar suhbatga qo‘yilmaydi. Suhbatga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat belgilanmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9

Nomzodlar ro‘yxati

Telegram Facebook