Prokuratura organlari xodimlarining qo'shimcha professional ta'lim tizimining 100 yilligi

Prokuratura organlari xodimlarining qo'shimcha professional ta'lim tizimining 100 yilligi

Bugun muxim sana – davlat ayblovi xodimlari ilk kurslarining ochilishiga 100 yil to'ldi. Bu prokuratura xodimlarini qo'shimcha professional tayyorlov tizimiga asos soldi.

Arxiv materiallaridan ma'lum bo'lishicha, 1920 yilning 11 oktyabrida Turkiston o'lkasining adliya xalq nozirligi qoshida, O'zbekistonning yangi tarixida ilk bor, davlat ayblovi xodimlari bilan bir qatorda xalq sudyalari, sud tergovchilari, advokat va sud instruktorlarning malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Kadrlar yetishmovchiligini to'ldirish va yangi avlod milliy kadrlarini sotsialistik huquqqa o'qitish maqsadida revolyutsion qonunchilikning ayovsiz yillarida “Sud xodimlarining kechki kurslari” tashkil etish edi.

Prokuratura xodimlari professional tayyorlov tizimining shakllanishi va rivojlanish tarixini ilmiy muhokama qilish maqsadida Bosh prokuratura akademiyasi 2020 yilning 28 oktyabrida konferentsiya tashkil qilmoqda.

Umid qilamizki, 100 yillik tajriba natijasida to'plangan bilim kelajakdagi strategik rejalarni belgilashda kuch-g'ayrat beradi.

Biz 100 ga to'ldik, lekin hamon yosh, shijoatli, reja va g'oyalarga boymiz.

положение 1920.pdf

1920 курсы.pdf

О старом и новом суде