O'zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o'zaro baholashning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik

O'zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o'zaro baholashning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik

2020 yil 9 va 13 oktyabr kunlari Akademiya O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi ko'magida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga karshi kurashishning ayrim masalalari” mavzusida videokonferensaloqa rejimida davra suhbatlar turkumi takshil etildi.

Tadbirlarda xalqaro ekspertlar, Adliya vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Departament, Akademiya vakillari, shuningdek notariuslar va qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari qatnashdi. 

Uchrashuv davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda asosiy xavflar, xavflarni milliy darajada baholash natijalari, xalqaro ekspert-baholovchilar guruhi bilan uchrashuv va muzokaralar olib borish bo'yicha vujudga kelishi mumkin bo'lgan ssenariylar va boshqa masalalar muhokama qilindi.