Qoraqalpog'iston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati o'rganildi

Qoraqalpog'iston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati o'rganildi

Akademiya rahbariyati va xodimlari tomonidan joriy yilning 19-20 fevral kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasida ichki ishlar organlari va prokuraturalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatining samaradorligi masalalari joylarga chiqish orqali navbatdagi o'rganish o'tkazildi.

Joylarga chiqish orqali o'tkazilgan uchrashuvlar davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, shuningdek tuman prokurorlari va ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari bilan 2018 yil va joriy yilning o'tgan davri mobaynida sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning asosiy sabablari va o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, sohadagi mavjud kamchiliklar muhokama qilib olindi.

Tahlil natijalari bo'yicha huquqbuzarliklarni kamayishiga erishishga qaratilgan, birinchi navbatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy etish va ulardan foydalanish, jamoat nazorati, davlat-xususiy sherikchilik hamda ilg'or chet el tajriba mexanizmlarini jalb etish kabi tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Shuningdek, huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha tajriba almashishni yo'lga qo'yish maqsadida, Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida qo'llanilgan zamonaviy amaliy mexanizmlari namoyish etildi.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Qoraqalpog'iston hududiy idoralararo komissiyasining o'tgan davr mobaynida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi ishlari o'rganilib, komissiya ekspert guruhining ishini tashkil etish, shuningdek belgilangan vazifalarni bajarilishining samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.