2019 yilning 30 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan Bosh prokuratura Akademiyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik Memorandum imzolandi.
Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o'qituvchilari va tinlovchilar, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rahbariyati va vakillari ishtirok etishdi. Tomonlar o'quv jarayoniga ta'limning zamonaviy innovatsion shakl va usullarini joriy etish, o'zaro ilmiy-amaliy tajriba almashish, o'ta dolzarb muammolar yuzasidan tadqiqotlar o'tkazish, o'tkaziladigan mashg'ulot va tadbirlarga taraflarning professor-o'qituvchilarini faol jalb etish masalalarida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirdilar.