Doktorlik dissertatsiyasi qanday himoya qilinadi: Yaponiya tajribasi

Doktorlik dissertatsiyasi qanday himoya qilinadi: Yaponiya tajribasi

Joriy yilning 24 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasining Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan “Yuridik fanlari bo'yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish: Yaponiya tajribasi” mavzusiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va faoliyati ilmiy tadqiqot bilan aloqador xodimlar qatnashdi. Seminarda Yaponiyaning Nagoya universiteti yuridik fakulteti dotsenti Aziz Ismatov ma'ruza qildi.

Ma'ruzachi tomonidan ilmiy ishni tayyorlash bo'yicha Yaponiya tajribasi va dissertatsiya himoyasining ayrim xususiyatlari, shuningdek ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish talablari kabi bir qator masalalar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.