BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Boshqarmasi vakili bilan uchrashuv

BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Boshqarmasi vakili bilan uchrashuv

2019 yil 24 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Boshqarmasi inson huquqlari bo'yicha maslahatchisi (BMTning IHOKB) Greys Saniko Steffan xonim va BMTning IHOKB hududiy vakolatxonasi vakili Guljaxon Amanova bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMTning barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi muvofiqlashtiruvchi idora 
sifatida belgilangan “Samarali boshqaruv” guruhiga kiruvchi masalalar muhokama qilindi.

Mehmonlar 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni implementatsiyasini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida xabardor qilindi.  

Tomonlar kelajakdagi hamkorlik yo'nalishlarini belgilab olishdi.