“Davlat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni bartaraf etish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi

“Davlat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni bartaraf etish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi

6 mart kuni “Davlat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda Shvetsiyaning Lund universiteti professori S.Sempson, Akademiyaga taklif qilingan professor G.Ueddl (AQSH), BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Xalqaro dastur koordinatori K.Makvering, IIV Akademiyasi, Bojxona instituti, milliy OTM vakillari, Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ilmiy tadqiqot olib boruvchi xodimlari va “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda jamiyatda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga ta'sir etuvchi tarixiy, madaniy, ahloqiy, milliy, antropologik, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy, konfessional, mintaqaviy va boshqa omillar atroflicha tahlil qilindi, mazkur omillarni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish yo'llari ko'rib chiqildi.

Tadbirlar yakunida akademik harakatchanlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot integratsiyasi, xalqaro ilmiy va ta'lim loyihalarini amalga oshirish borasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.