Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi delegatsiyasi tashrifi

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi delegatsiyasi tashrifi

2020 yil 12 mart kuni A.I.Bastrikin boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga tashrifi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari Akademiya faoliyat yo'nalishlari, ta'lim, ilm-fan hamda prokuror-tergov amaliyotining uzviy bog'liqligini ta'minlashga qaratilgan ta'lim texnologiyalari bilan tanishib o'tdilar.

Tomonlar prokuror-tergov xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo'nalishida idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, yaqin istiqbolda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi Moskva akademiyasi delegatsiyasining O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga tashrifini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.