Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakili bilan uchrashuv

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakili bilan uchrashuv

2019 yil 25 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qonunchilik va odil sudlov masalalari bo'yicha katta maslahatchisi Isoi Miha boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida agentlik vakillari bilan fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat sudlov tizimini rivojlantirish, xususiy mulk himoyasi, korruptsiyaga qarshi kurash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, inson huquqlarini muhofaza qilishga oid qonunlarni takomillashtirish, jinoyatlarni ochishda qo'llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, jinoyat ishlarini yuritishda soddalashtirilgan tartibda ish yuritishga oid masalalar muhokama qilindi.

Mehmonlar Akademiya infratuzilmasi, shu jumladan multimedia markazi, kriminalistik poligon, voqea joyini ko'zdan kechirish va sud jarayoni imitatsiyasini amalga oshirish xonalari, shuningdek Akademiya muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir yakunida tomonlar o'zaro foydali munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.