Akademiya tarmoq rahbarlarining hisobotlari eshitildi

Akademiya tarmoq rahbarlarining hisobotlari eshitildi

27 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda 2019 yil birinchi yarmi uchun Bosh prokuratura Akademiyasining barcha tarkibiy tarmoqlar faoliyatining dastlabki hisoboti eshitildi. Tarmoq rahbarlari amalga oshirilgan ishlar va yilning ikkinchi yarmi uchun mo'ljallangan rejalar haqida Akademiya Kengashi a'zolariga batafsil axborot berdilar.

Bundan tashqari, Kengash tomonidan doktorant va mustaqil izlanuvchilar, ularning ilmiy rahbarlari va konsul`tantlarining joriy yilning ikkinchi chorakdagi ilmiy faoliyatini baholash va monitoringi to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi.

Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan o'quv qo'llanmalar ham Kengash a'zolari tomonidan muhokama qilindi.

Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.