BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili bilan uchrashuv

BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili bilan uchrashuv

Joriy yilning 27 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Rishard Komenda bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida 2030 yilgacha bo'lgan muddatda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirish, ma'rifat va ta'lim orqali inson huquqlari universal madaniyatini rivojlantirish maqsadidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv samarali va konstruktiv muhitda bo'lib o'tdi.