2020 yilning 13 mart kuni Bosh prokuratura Akademiyasining 4 nafar professor o'qituvchilari – Avazbek Komilov, Luxmonjon Isoqov, Erkin Xojiev va Gulchehra Malikovalarni Markaziy saylov komissiyasi faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi.
Shu tariqa mutaxassislarimizning saylov masalalari bo'yicha trening kurslarini tashkil etishga qo'shgan hissasi e'tirof etildi.
Saylov kampaniyasi e'lon qilinmasdanoq saylovlarga tayyorgarlik masalalari, ya'ni saylov komissiyasi a'zolarini o'qitish, buning uchun keys stadi tizimiga asoslangan va uch kunga mo'ljallangan maxsus modul` dasturlarini ishlab chiqish ancha barvaqt boshlangan edi.
Bosh prokuratura Akademiyasining professor o'qituvchilari saylov kampaniyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun mo'ljallangan trening dasturlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etib, mazkur modullarni amalga oshirish maqsadida qoraqalpog'istonlik trenerlardan 50 tasi suhbat orqali ajratib olindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha tumanlarida «Yangi O'zbekiston. Yangi saylovlar» shiori ostida saylov komissiyasi a'zolarini o'qitish uchun tashkil etilgan maxsus kurslar saylovlarga qadar doimiy ravishda davom etib keldi. Trenerlar guruhi bir vaqtda to'rt yo'nalishda faoliyat olib bordilar.
Bosh prokuratura Akademiyasi saylovlarni tashkil etishga qo'shgan o'z munosib hissasi bilan faxrlanadi.