Bosh prokuratura Akademiyasi va “Mintaqaviy muloqot” XNNT (Sloveniya) hamkorligi doirasida joriy yilning 8 aprel` kuni XNNT direktori M.Sever, tashkilotning Toshkentdagi filiali xodimlari hamda xalqaro ekspert Goran Klemenchich ishtirokida videokonferentsaloqa vositasida ishchi tartibdagi uchrashuv o'tkazildi.
Ishtirokchilar masofaviy tarzda kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik yo'nalishlari, shu jumladan Akademiyaning Korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markaziga ekspertlik ko'magini ko'rsatish, magistratura inglovchilarini o'qitish, mazkur jarayonga AQSH va boshqa mamlakatlardan malakali prokuror va sud`yalarni jalb qilish masalalarini muhokama qilib oldilar.