Prokuratura xodimlari ishtirokida navbatdagi malaka oshirish kursi

Prokuratura xodimlari ishtirokida navbatdagi malaka oshirish kursi

Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuror tomonidan ta'lim jarayonining prokuratura organlari kasbiy faoliyati bilan uzviy bog'liqligini ta'minlashga oid belgilangan vazifalar ijrosi doirasida prokuratura organlarining sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishida xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning navbatdagi guruhi uchun malaka oshirish kursi boshlandi.

Ushbu malaka oshirish kursi masofaviy ta'lim asosida amalga oshirilib, qayta aloqa mexanizmlari vositasida aniqlangan tinglovchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda tashkil etilgan.

Kurs dasturi prokuratura faoliyatining umumiy masalalari, shuningdek jinoyat, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda, iqtisodiy va ma'muriy sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash masalalariga oid o'quv mashg'ulotlaridan tarkib topgan bo'lib, xodimlarning prokurorlik faoliyatining ushbu yo'nalishlaridagi nazariy bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga yo'naltirilgan.

O'quv mashg'ulotlari Akademiya professor-o'qituvchilari tomonidan prokurorlik amaliyotiga oid dolzarb masalalar bo'yicha ishlab chiqilgan elektron shakldagi mul`timedia o'quv materiallari asosida o'tkaziladi.

Malaka oshirish kursi o'quv dasturining o'tkazilish tartibi hamda amaliy topshiriqlarni bajarish qoidalari yuzasidan tinglovchilarga videokonferentsaloqa vositasida tushuntirishlar berildi. Tinglovchilarning Akademiya bilan uzluksiz aloqada bo'lish imkoniyatlarini ta'minlash choralari ko'rildi.